Qonunchilikka ko‘ra, vasiylik yoki homiylik yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga quyidagi hollarda belgilanadi:
ota-onasi vafot etganda yoki sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinganda;
ota-onasi sud qarori bilan ota-onalik huquqidan mahrum etilganda yoki ularning ota-onalik huquqi cheklanganda;
ota-onasi ikki oydan ortiq kasal bo‘lishi oqibatida o‘zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaganda;
ota-onasi sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
ota-onasi bedarak yo‘qolganda;
ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlaganda, shu jumladan, ota-ona tarbiya, davolash muassasalari, tibbiy-ijtimoiy muassasalar va shunga o‘xshash muassasalardan bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek, boshqa zarur hollarda.