Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

Ota-ona qaramog‘isiz qolgan 3 nafar bola RFdan O‘zbekistonga qaytarildi

Ota-ona qaramog‘isiz qolgan 3 nafar bola RFdan O‘zbekistonga qaytarildi

Moskva shahridagi “Altu­f’evo“ ijtimoiy-reabilitasiya markazi xodimlari hamrohligida O‘zbekistonga uch nafar voyaga yetmagan fuqaro qaytarildi.

Ijtimoiy himoya agentligining xabar berishicha, ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi o‘rtasidagi muvofiqlashtirilgan hamkorlik natijasida amalga oshirildi.

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida bolalar uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va psixologik yordam ko‘rsatish ishlari tezkor tarzda yo‘lga qo‘yildi.

“Inson“ ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bolalarning yaqin qarindoshlari aniqlab, ularni oila bag‘riga qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Ma’lumot uchun: 2024–yildan hozirgi vaqtga qadar 40 nafardan ortiq voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarolari respublikaga olib kelinib, oilaviy muhitga qaytarildi.

Kiritildi: 05:44 01.05.2025. O'qildi: 459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!