Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Ota "15 sutka"dan so‘ng salkam 100 million so‘m aliment qarzini to‘ladi

Ota "15  sutka"dan so‘ng salkam 100 million so‘m aliment qarzini to‘ladi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘z tumanlararo sudining 05.04.2017 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor K.I.dan undiruvchi D.I.ning foydasiga 2 nafar farzandi voyaga yetgunga qadar ish haqi va boshqa topgan daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor 2013 yilda xorijga chiqib ketganligi aniqlanib, unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Shuningdek, qarzdor tomonidan aliment pullari to‘lanmagani sabab, 97,8 mln. so‘m qarzdorlik to‘planib qolgan.

Qarzdor K.I. joriy yilda yurtimiz hududiga qaytganligi aniqlanib, Byuroning Ulug‘nor tuman bo‘limi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan qarzdor K.I.ga jinoyat ishlari bo‘yicha Ulug‘nor tuman sudi tomonidan 23.01.2025 yilda 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Shu bilan birga, undiruvchi D.I. foydasiga 97,8 mln. so‘m undirilishi belgilangan.

Ma’muriy qamoqdan to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota undiruvchi D.I. foydasiga 2018 yildan buyon to‘lamagan 7 yillik 97,8 mln. so‘m aliment qarzini to‘liq to‘lab berdi.

Kiritildi: 10:54 26.03.2025. O'qildi: 1026 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!