Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Osiyoning 2025 yildagi eng yaxshi futbolchilari aniqlandi

Osiyoning 2025 yildagi eng yaxshi futbolchilari aniqlandi

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida OFKning 18 ta nominasiya bo‘yicha 2025 yildagi eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Saudiyalik Salim ad-Dovsariy OFK talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi, yaponiyalik Xana Takaxasi esa yilning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topildi.

Dovsariy 2022 yilda ham Osiyoning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgandi. U ikki marta OFKning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan ilk saudiyalik futbolchiga, shuningdek, bu yutuqni ikki marta qo‘lga kiritgan to‘rtinchi osiyolik futbolchiga (Hidetoshi Nakada, Akram Afif va Server Jeparovdan keyin) aylandi.

AFC Awards Riyadh 2025 — G‘oliblar ro‘yxati:

AFC Diamond of Asia:
Timoti Fok (Gonkong)

AFC President’s Recognition Award for Outstanding Achievement:
KXDR Futbol Assosiasiyasi

AFC Member Association of the Year:

* Platinum — Saudiya Arabistoni futbol federasiyasi
* Diamond — Tailand futbol assosiasiyasi
* Gold — Gonkong futbol assosiasiyasi
* Ruby — Laos futbol federasiyasi

AFC Regional Association of the Year:
ASEAN futbol federasiyasi

AFC President’s Recognition Awards for Grassroots Football:

* Gold — BAA futbol assosiasiyasi
* Silver — Malayziya futbol assosiasiyasi
* Bronze — Bangladesh futbol federasiyasi

AFC Coach of the Year (Women):
Marziye Jafari ("Bam Xatun" va Eron ayollar terma jamoasi)

AFC Coach of the Year (Men):
Ri Son Xo (KXDR U20 ayollar jamoasi)

AFC Futsal Player of the Year:
Salar Og‘apur (Eron)

AFC Women’s Player of the Year:
Xana Takaxasi (Urava Red Daymonds, Yaponiya)

AFC Player of the Year:
Salim ad-Dovsariy (Al Hilol, Saudiya Arabistoni)

AFC Asian International Player of the Year (Men):
Li Kan In (PSJ, Janubiy Koreya)

AFC Asian International Player of the Year (Women):
Maika Hamano (Chelsi, Yaponiya)

AFC Youth Player of the Year (Men):
Aleks Badolato (Melburn Viktori, Avstraliya)

AFC Youth Player of the Year (Women):
Chxve Il Son (KXDR)

AFC Referees Special Award:
Alireza Fag‘oniy, Anton Shchetinin, Eshli Bichem (Avstraliya)

Kiritildi: 09:06 17.10.2025. O'qildi: 678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!