Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibi ma’lum bo‘ldi

A A A
Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibi ma’lum bo‘ldi

Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bugun, 16 sentyabr kuni yaponiyalik mutaxassis Midori Xonda boshchiligidagi futbol bo‘yicha ayollar terma jamoasi bo‘lajak musobaqada ishtirok etish uchun Xitoyga jo‘nab ketgan.

Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlariga jalb etilgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibi quyida keltirilgan:

Murabbiy: Midori Xonda.

Darvozabonlar: Maftuna Jonimqulova, Kumushoy G‘ulomova, Nilufar Baxtiyorova.

Himoyachilar: Feruza Boboxo‘jayeva, Komila Zaripova, Maftuna Shoyimova, Shohida Tojiddinova, Madina Hikmatova, Nafisa Nabiqulova, Sevinch Qo‘chqorova.

Yarim himoyachilar: Dilrabo Asadova, Nozimaxon Ergasheva, Asalxon Aminjonova, Gulzoda Amirova, Umida Zaripova, Ilvina Ablyakimova.

Hujumchilar: Nilufar Qudratova, Aziza Norboyeva, Zarina Mamatkarimova, Zarina Norboyeva, Diyoraxon Habibullayeva, Lyudmila Karachik, Mahliyo Nazarqulova.

Ma’lumot uchun, Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlariga O‘zbekiston o‘z tarixidagi eng katta delegasiya bilan ishtirok etadi. Jami 350 dan ziyod o‘zbekistonlik sportchilar medallar uchun kurashadi.

Kiritildi: 16:26 16.09.2023. O'qildi: 1940 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!