Bugun 14 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda perinatal xizmatni yaxshilash uchun 100 million dollar kredit ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda perinatal xizmatni yaxshilash uchun 100 million dollar kredit ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki matbuot xizmatining xabar berishicha, bank O‘zbekiston hukumatiga homilador ayollar va ularning yangi tug‘ilgan chaqaloqlari uchun perinatal sog‘liqni saqlash xizmatlarini yaxshilashga yordam berish uchun 100 million AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi.

Integrasiyalashgan perinatal yordam loyihasi hukumatga butun mamlakat bo‘ylab qariyb 230 perinatal markazni modernizasiya qilish, ularni zamonaviy energiya tejovchi tibbiy asbob-uskunalar, yangilangan klinik standartlar va protokollar, tibbiyot xodimlarining salohiyati va sifatini ta’minlashda yordam beradi.

Loyiha, shuningdek, perinatal yo‘llanma tizimini takomillashtiradi. Tez yordam guruhlarini kuchaytirish hamda sog‘liq uchun xavflarni erta aniqlash, homiladorlik monitoringi uchun bemorlarning elektron qaydlarini joriy etish orqali tegishli va o‘z vaqtida hayotni saqlab qoluvchi yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.

– Osiyo taraqqiyot banki ko‘magi hukumatga maqsadli xabardorlikni oshirish va xulq-atvorni o‘zgartirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishga, shuningdek, homilador ayollar va onalarni tibbiy xizmatlarga murojaat qilishga undash uchun akusherlar va hamshiralarni o‘qitishga yordam beradi, – dedi Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Araya.

Kiritildi: 12:08 17.07.2024. O'qildi: 922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!