Bugun 2 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Osiyo futbol konfederasiyasi ham FIFA'ning Jahon Chempionati aktivlarining bir qismini xususiylashtirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi

Osiyo futbol konfederasiyasi ham FIFA'ning Jahon Chempionati aktivlarining bir qismini xususiylashtirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi


OFK o‘z bayonotida bu borada UEFA (Evropa) va CONCACAF (Shimoliy Amerika) bilan hamfikr ekanligini, Jahon chempionati butun futbol hamjamiyatiga tegishli ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

Avvalroq UEFA'ga a’zo barcha mamlakatlar erkaklar va ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatlarini boykot qilishga qaror qilgandi. Unga ko‘ra, UEFA FIFA tomonidan tashkil etiladigan hech bir musobaqani qo‘llab-quvvatlamaydi.

Bu qaror FIFA'ning Jahon chempionati aktivlarining 20 foizini xususiy investorlarga sotish rejasiga qarshi norozilik sifatida qabul qilindi. Yangi xususiy tuzilmaning asosiy investori — Joshua Kushner boshqaradigan Thrive Eternal investisiya jamg‘armasi hisoblanadi. Joshua — Donald Trampning kuyovi Jared Kushnerning ukasi hamda AQShning Fransiyadagi elchisi Charlz Kushnerning o‘g‘lidir.

Kiritildi: 21:45 31.07.2026. O'qildi: 787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!