Chad ko‘lining janubi-sharqiy mintaqasida jangarilar hujumi oqibatida kamida 14 nafar Nigeriya harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi.
Bu haqda ActuNiger portali xabar berdi.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, bir guruh jangarilar Diffa mintaqasida armiya pozisiyalariga hujum qilishgan, ammo hujum qaytarilgan. Chekinayotgan hujumchilarni ta’qib qilish paytida hukumat bo‘linmasi pistirmaga uchragan.
Jang paytida bir nechta jangarilar o‘ldirilgan va ularning aniq soni aniqlanmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hujum Chad ko‘li mintaqasida faoliyat yurituvchi "Boko Haram" radikal guruhi a’zolari tomonidan amalga oshirilgan.