30 noyabr – 11 dekabr kunlari Tailand boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.
Ayni paytga kelib, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining musobaqa uchun tarkibi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, quyidagi hamyurtlarimiz bo‘lajak qit’a birinchiligida yurtimiz sharafini himoya qilishadi:
-48 kg: Shodiyor Meliqo‘ziyev
-51 kg: Asilbek Jalilov
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-57 kg: Miraziz Mirzahalilov
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-63.5 kg: Adhamjon Muhiddinov
-67 kg: Mujbillo Tursunov
-71 kg: Havasbek Asatullayev
-75 kg: Javohir Ummataliyev
-80 kg: To‘rabek Habibullayev
-86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-92 kg: Madiyar Saidrahimov
+92 kg: Jahongir Zokirov
E’tiborlisi, Olimpiada chempionlari — Hasanboy Do‘smatov, Abdumalik Xalokov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Lazizbek Mullajonovlar ushbu tarkibga kiritilmagan. Bahodir Jalolov esa havaskor boks bilan xayrlashgan.