Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi o‘tkaziladi

“Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi o‘tkaziladi

Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yo‘lida yoshlarning faolligini oshirish maqsadida joriy yilning 28-31-may kunlari Turizm qo‘mitasi tomonidan har yili o‘tkaziladigan “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi tashkil qilinmoqda.
“Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi o‘tkaziladi
Aksiya doirasida mamlakatning turli hududlaridan kelgan iqtidorli, faol va ekologik ongli yoshlar Orolbo‘yi hududiga sayohat qilib, bu yerda yuzaga kelgan ekologik falokat oqibatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishadi va bu orqali ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslikka chaqiriladi.



Tadbir davomida yoshlar ekologik seminarlar, ijtimoiy loyihalar taqdimoti, ko‘chat ekish, ekologik tozalash ishlari kabi faoliyatlarda ishtirok etishadi. Shuningdek, ular mahalliy aholining hayoti, qadimiy tarixiy yodgorliklar bilan tanishish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.



Aksiya nafaqat ekologik muammolar haqida xabardorlikni oshiradi, balki yoshlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni atrof-muhitni asrashga yo‘naltirishga xizmat qiladi. Bu tashabbus orqali ekologik mas’uliyat hissi, vatanparvarlik va ijtimoiy faollik kabi muhim fazilatlar mustahkamlanadi.

Kiritildi: 11:29 22.05.2025. O'qildi: 683 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!