Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Orban Vashingtondagi NATO sammitida Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lishi kerak emasligi haqida aytgan

A A A
Orban Vashingtondagi NATO sammitida Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lishi kerak emasligi haqida aytgan

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Vashingtondagi NATO sammitida Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lishi kerak emasligi haqida aytgan.

Bu haqda Bloomberg manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Vengriya bosh vaziri Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ishtirokidagi yalpi majlisda ittifoqchilarning Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish haqidagi va’dalariga ham qo‘shilishdan bosh tortgan.

Agentlikning xabar berishicha, ayrim yetakchilar Orbanning so‘zlarini tanqid qilgan va ulardan biri "Vengriya tarixi Ukraina nima uchun NATOga a’zo bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib turibdi", deb ta’kidlagan.

Kiritildi: 22:08 13.07.2024. O'qildi: 1073 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!