Bugun 13 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Orban Yevropa kengashi rahbariga yo‘llagan maktubiga nimalarni yozdi?

Orban Yevropa kengashi rahbariga yo‘llagan maktubiga nimalarni yozdi?

Viktor Orban Yevropa kengashi rahbariga yo‘llagan maktubida Rossiya bilan diplomatik munosabatlarni tiklash va XXR bilan tinchlik konferensiyasi bo‘yicha muzokaralar olib borishga chaqirdi.

Uning ishonchi komilki, yaqin kelajakda Ukrainadagi mojaroning shiddati tubdan oshadi. Vengriya bosh vaziri kelishuv uchun o‘nta bandni aytib o‘tdi, deb yozadi Bild.

Xususan, u Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimini egallasa, muzokaralarda vositachi bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi.

Avvalroq Yevropa kengashi rahbari Charlz Mishel Orbanning Moskvaga safarini izohlar ekan, Budapesht YEI nomidan Rossiya Federasiyasi bilan aloqa o‘rnata olmasligini aytdi.

Kiritildi: 01:54 16.07.2024. O'qildi: 1025 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!