Oqdaryo tumanida Buxoroga borayotgan avtobus bir guruh shaxslar tomonidan toshbo‘ron qilingani haqida xabar berilgandi.
Samarqand viloyati IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, 2023-yil 28-iyul kuni soat taxminan 14:00 da G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lida viloyatlararo yo‘lovchi tashuvchi avtobus haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan “Damas” mashinasi haydovchisi bilan yo‘l talashib o‘zaro tortishib qolishgan.
Shundan so‘ng “Damas” haydovchisi Y.SH. Oqdaryo tumanidan o‘tgan M-37 avtomobil yo‘lida tanishlari bilan avtobus yo‘lini to‘sib, harakatlanishiga yo‘l qo‘ymasdan, transportga shikast yetkazgan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan.
IIBning qo‘shimcha ma’lumot berishicha, voqeada ishtirok etgan 14 nafar shaxsga nisbatan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.