Quyida ro‘yxatda nomlari keltirilgan shaxslar Trampning yangi odamlari bo‘lishi mumkin ekan.
- AQSh davlat departamenti (Davlat kotibi) floridalik senator Marko Rubio;
- Pentagon (Mudofaa vaziri) Amerika armiyasi faxriysi va Fox News boshlovchisi Pit Hegset;
- Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchi floridalik kongressmen Mayk Uolz;
- BMTdagi doimiy vakil Vakillar palatasi a’zosi Eliza Stefanik;
- Oq uy ma’muriyati rahbari Tramp o‘zi «Muz malikasi» deb atagan Syuzan Uayls;
- Chegara nazorati, ichki xavfsizlik vaziri Janubiy Dakota gubernatori, 52 yoshli Kristi Noem;
- Hukumat samaradorligi departamentini (DOGE) milliarder Ilon Mask va Respublikachilar partiyasi praymerizida prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun Trampga raqobatlashgan Vivek Ramasvami egallaydi.