Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Oq uy Trampning Xitoyga tashrifi qachon bo‘lib o‘tishini e’lon qildi

Oq uy Trampning Xitoyga tashrifi qachon bo‘lib o‘tishini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Trampning Xitoyga tashrifi 14-15 may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt brifingda ma’lum qildi.

"Prezident Trampning Xitoy prezidenti Si Szinpin bilan uzoq kutilgan uchrashuvi 14 va 15 may kunlari Pekinda bo‘lib o‘tadi", dedi u.

Levittning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy prezidentining AQShga javob tashrifi 2026 yil oxirida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Trampning Xitoyga tashrifi mart oyiga rejalashtirilgan edi, ammo AQSH-Isroil o‘rtasidagi Eron mojarosining kuchayishi tufayli qoldirildi.

Kiritildi: Bugun 07:45. O'qildi: 433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!