AQSh prezidenti Donald Tramp va uning ma’muriyati a’zolari ishtirokidagi kechki payt yuz bergan otishma davlat rahbarining hayotiga suiqasd sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt navbatdagi brifing chog‘ida ma’lum qildi.
«Prezident va ma’muriyatning yuqori lavozimli mulozimlariga qilingan suiqasd urinishini inobatga olgan holda, savollaringizga javob berish uchun bugun shu yerda bo‘lishni lozim topdim», — deya Levittning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Matbuot kotibining ta’kidlashicha, yuz bergan hodisa prezident va uning jamoasi xavfsizligiga nisbatan jiddiy tahdid sifatida baholanmoqda. Hozirda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda va xavfsizlik choralari maksimal darajada kuchaytirilgan.