Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Oq uy Politico jurnalistini Air Force One bortiga kiritmadi

Oq uy Politico jurnalistini Air Force One bortiga kiritmadi

Oq uy Politico nashri vakilini AQSh prezidentining Air Force One samolyoti bortiga kiritishdan bosh tortdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Politico vakili nashr safar press-pulidan — AQSh prezidenti Donald Trampni xizmat safarlarida kuzatib boradigan kichik jurnalistlar guruhidan chiqarilganini tasdiqladi.

Avvalroq Donald Tramp Politico, CNN va MS NOW nashrlarini «soxta axborot tarqatuvchi» OAV deb atab, ularning vakillariga o‘z ma’muriyatiga kirishni taqiqlagan edi.

Keyinchalik sud mazkur cheklovni bekor qilishni buyurdi va Oq uy ushbu nashrlar jurnalistlarining kirish huquqini qayta tikladi.

Kiritildi: 05:59 06.10.2026. O'qildi: 659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!