Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Opa-singil niqob taqishni so‘ragan qorovulga 27 marta pichoq urdi

Opa-singil niqob taqishni so‘ragan qorovulga 27 marta pichoq urdi

Chikagoda ikki ayol qotillikka urinishda ayblanmoqda, ulardan biri qo‘riqchining do‘konga kirishdan oldin niqob taqish kerakligi haqidagi talabiga javoban unga pichoq bilan 27 marta jarohat yetkazgan. Bu haqda Chicago Tribune xabar bermoqda.

Opa-singillar Jessika va Jayla Xill yakshanba kuni Chikagodagi do‘konlardan biriga yopilishidan oldin kirib kelishdi, qo‘riqchi ularga yaqinlashib, niqob taqishni va antiseptik vositalardan foydalanish kerakligini aytdi. Manbaga ko‘ra, qizlar bu talabni rad etishgan. Shunda qorovul ulardan do‘kondan chiqib ketishni talab qilgan. Shunda opa-singillardan biri erkakni axlat qutisi bilan urib, so‘ng sochlaridan ushlab turgan. Ikkinchisi esa taroqqa yashirilgan kichkina pichoq bilan qorovulga 27 marta zarba bergan. Yarador bo‘lishiga qaramay, erkak polisiya kelguniga qadar opa-singillarni do‘konda ushlab turishga muvaffaq bo‘ldi. U kasalxonaga yetkazildi, jarrohlik talab qilinmadi.

Ayollar qotillikka urinishda ayblanmoqda va Xillning advokati opa-singillar o‘zini himoya qilish uchun harakat qilishganini aytdi. Sudya guvohlarning ko‘rsatmalari va kameradagi yozuvlarni keltirib, ularni garov evaziga ozod qilishni rad etdi.

Sud jarayoni kelasi hafta bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Kiritildi: 15:26 28.10.2020. O'qildi: 6405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!