Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Ona tilini bilish darajasi umumiy ta’lim darajasi va ikkinchi chet tilini o‘rganishga qanday ta’sir qiladi?

Ona tilini bilish darajasi umumiy ta’lim darajasi va ikkinchi chet tilini o‘rganishga qanday ta’sir qiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan ona tilini bilish darajasining umumiy ta’lim darajasiga va ikkinchi chet tilini o‘rganishga ta’siri baholandi.

MHTI tomonidan "Milliy qadriyatlarga asoslangan iqtisodiyot: negizlar va farovonlik uyg‘unligining empirik tahlili" nomli hisobot tayyorlandi.

Hisobotda lafz, rozi-rizolik, harakatda baraka, erkin va mustaqil fikrlash, jasorat, o‘zbek tili va boshqa milliy qadriyatlarimizning iqtisodiy taraqqiyot va jamiyat ravnaqiga ta’siri ekonometrik yondashuvlar asosida baholandi va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar shakllantirildi.

Mutaxassislar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, ona tilini puxta o‘rganish inson kapitaliga qilingan muhim sarmoyadir. Ona tiliga asoslangan ta’lim (Mother Tongue Based) aholining savodxonligini oshirish bilan birga muvaffaqiyatli o‘qish va mehnat bozoriga kirish imkoniyatlarini oshiradi. Shuningdek, mahalliy tilga ko‘proq e’tibor qaratadigan mamlakatlarda ijtimoiy taraqqiyot, harakatchanlik va kapitalning yaxshilanishi aniqlangan .

Ekonometrik tahlil natijalariga ko‘ra, ona tilini bilish chet tillarini o‘zlashtirish ehtimolini oshiradi. Bu esa ta’lim darajasini oshirish orqali ish haqining o‘sishiga olib keladi. O‘zbekistonda har bir qo‘shimcha o‘qilgan ta’lim yili ish haqining 8,79 foizgacha o‘sishiga (dastlabki tadqiqotda Jizzax viloyatida 12,5 foizgacha) olib kelishi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, o‘rta yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lgan yoshlar orasida chet tillarini bilish ehtimoli yuqori ekanligi aniqlandi.

YUNESKO tadqiqotiga ko‘ra, o‘rta muddatli istiqbolda ona tiliga asoslangan ta’lim dasturlarida o‘qigan bolalar nafaqat savodxonlik ko‘nikmalarini, balki o‘ziga bo‘lgan ishonch va madaniy g‘ururni ham oshiradi. Ona tilini mukammal bilish chet tilini o‘rganishda yordam berib, o‘z navbatida ish haqining (ikkinchi tilni bilgani uchun) oshishiga olib keladi. Shuningdek, ona tilini o‘rganishdagi ko‘nikmalardan ikkinchi va uchinchi chet tillarini o‘zlashtirishda keng foydalaniladi. Bunda ona tilidan to‘g‘ri foydalanish ikkinchi tilni o‘rganishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi amaliyotda o‘z isbotini topgan.

Mazkur tadqiqotda olib borilgan hisob-kitoblarda O‘zbekistonda 2021-yil uchun uy xo‘jaliklari byudjetini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rov natijalaridan foydalanildi. Shuningdek, ikkinchi tilni bilish ish haqi ustamalarining oshishiga olib kelishini baholashda Minserning ish haqi modeli (Mincer earnings function) dan foydalanildi. Bunda chet tilini bilishning ish haqiga ta’siri oddiy regressiya va o‘zgarmas effekt (fixed effect) modellaridan foydalangan holda baholandi.

Kiritildi: Bugun 12:06. O'qildi: 355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!