Kuz va qish mavsumida chaqaloqlar o‘tkir respirator virusli infeksiyalarga chalinuvchan bo‘ladi. Ularni ushbu kasalliklardan himoyalashning eng samarali usuli ko‘krak suti bilan oziqlantirish.
Ona suti tarkibidagi moddalar nafaqat immunitetni qo‘llab-quvvatlaydi, balki xavfli bakteriyalar va viruslarning organizmda tarqalishini ham oldini oladi. Shuningdek, ona suti ichakdagi foydali mikroorganizmlarning o‘sishiga yordam beradi.
📌Olti oygacha bo‘lgan chaqaloqlar uchun eng yaxshi ozuqa ona suti. Ko‘krak suti tarkibidagi antitelalar va boshqa foydali moddalar bolani infeksiyalardan samarali himoya qiladi. Bolani 2 yoshgacha va undan ko‘proq muddatda ko‘krak suti bilan oziqlantirish tavsiya etiladi.