Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun javobgarlik belgilanadi

Ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun javobgarlik belgilanadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 24 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Jinoyat kodeksining 244-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksining 244-moddasi uchinchi qism bilan to‘ldirilib, unda ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik uchun alohida javobgarlik choralari belgilanmoqda.

Shu bilan birga, Jinoyat kodeksi 244-moddasining to‘rtinchi qismida ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri javobgarlik ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, ushbu modda yangi beshinchi qism bilan to‘ldirilib, unda o‘quvdan o‘tgan shaxs o‘z xohishi bilan o‘quvdan o‘tgani haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan taqdirda, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi belgilab qo‘yilmoqda.

Kiritildi: 10:42 26.12.2024. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!