Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari Aqtau yaqinida Ozarbayjon havo yo‘llari yo‘lovchi samolyoti qulagan joyda ikkita registrator topdi.
Bu haqda Qozog‘istonning Mang‘istau viloyati transport prokurori Abilaybek O‘rdabayev brifingda ma’lum qildi.
“Avariya sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish chog‘ida ikkita registrator topildi, ular Aviahalokatlarni tekshirish bo‘limiga topshiriladi. Keyinchalik ular to‘liq ko‘rib chiqiladi”, — dedi O‘rdabayev.
Qora qutilar bilan ishlash 27 dekabr kuni Braziliyadan mutaxassislar kelganidan keyin boshlanadi, dedi Qozog‘iston transport vaziri o‘rinbosari Talgat Lastayev.
"Ekspertlar taklif qilingan, ular ertaga kelishadi. Albatta, bu ishlab chiqaruvchi mamlakat. Bu Braziliya, chunki samolyot u yerda ishlab chiqarilgan... Va ular qaror qabul qiladilar",- deya tushuntirdi Lastayev.