Fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlab, joyida ijobiy hal etish, kerakli huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Oliy sud raisi K.Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhlar o‘tkazgan ommaviy qabul o‘z nihoyasiga yetdi.
Ommaviy qabulning so‘nggi kuni kecha, 16 iyul sanasida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston Badiiy akademiyasida bo‘lib o‘tdi. Unda Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Mirobod, Yunusobod tumanlari aholisining murojaatlari o‘rganildi. Bu haqda Toshkent shahar sudining Jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik bo‘yicha bosh konsultanti Sadoqat Allaberganova xabar qildi.
Ommaviy qabulda Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Maxmudova, Toshkent shahar sudi raisi Erkin Xodjakulov, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi Ulug‘bek Almamedov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosarlari Akbarali Turabov, Maqsudbek Saidov, Shuhrat Abbasov va Sudyalar Oliy kengashi sudyalari, Oliy sud hamda Toshkent shahar sudining fuqarolik, jinoyat ishlari bo‘yicha, ma’muriy, iqtisodiy sudlarning raislari, sudyalari jami 150 nafar fuqaroning murojaatlarini qabul qilishdi.
Sayyor qabulda Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Mirobod, Yunusobod tumanlari fuqarolaridan kelib tushgan murojaatlardan 59 nafari jinoyat ishlari, 11 nafari ma’muriy huquqbuzarlik ishlar, 80 nafari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga oid murojaatlarni tashkil etdi.
Shuningdek, jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha murojaatlar quyidagicha ijobiy hal etildi: