Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

Ombudsman aralashuvidan so‘ng, sug‘urta kompaniyasi fuqaroga sug‘urta tovonini to‘lashga majbur bo‘ldi

Ombudsman aralashuvidan so‘ng, sug‘urta kompaniyasi fuqaroga sug‘urta tovonini to‘lashga majbur bo‘ldi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro A.O. sug‘urta tashkiloti mansabdor shaxslarining harakatsizligi bo‘yicha shikoyat qildi.

Murojaatda qayd etilishicha, 2023 yil noyabr oyida fuqaro A.O. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Hodisa natijasida zarar ko‘rgan BYD rusumli avtomashina "Gross sug‘urta kompaniyasi" AJ tomonidan sug‘urta qilingan bo‘lib, ushbu kompaniya jabrlanuvchiga sug‘urta tovonini to‘lagan.

Shundan so‘ng, "Gross sug‘urta" mazkur to‘lovni A.O.dan qaytarib olish maqsadida fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritgan. Sud qaroriga ko‘ra, A.O.ga yetkazilgan zarar, davlat boji va pochta xarajatlarini to‘lash majburiyati yuklatilgan.

Aslida esa, A.O.ning "Damas" avtomashinasi ham "Euroasia Insurance" AJ tomonidan sug‘urta qilingan bo‘lib, amaldagi "Majburiy sug‘urta to‘g‘risida"gi Qonunga asosan, aynan shu kompaniya mazkur majburiyatni o‘z zimmasiga olishi kerak edi. Biroq, A.O.ning rasmiy talabnomasiga qaramasdan, "Euroasia Insurance" belgilangan to‘lovni amalga oshirmagan.

Fuqaro murojaati Ombudsman nazoratiga olindi. Holat batafsil o‘rganilib, sug‘urta tashkilotiga tegishli ta’sir choralari kiritildi. Natijada "Euroasia Insurance" AJ fuqaro A.O.ning sug‘urta majburiyati bo‘yicha to‘lovini amalga oshirdi va fuqaroning buzilgan huquqi tiklandi.

Kiritildi: 14:46 01.05.2025. O'qildi: 555 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!