Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yashovchi 29 yoshli (erkak) T.D. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs tomonidan uning pullari talon-toroj qilinganligini ma’lum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida yashovchi 26 yoshli (erkak) Y.SH. sodir etganligi aniqlandi.
Unga ko‘ra, Y.SH., T.D. bilan “OLX” savdo platformasida tanishib, unga ijaraga xonadon olib berishni va’da qilib, uning ishonchiga kirish orqali bank kartasiga oldindan 3.120.000 so‘m pullarini o‘tkazib olgan, so‘ng uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermasdan, "qora ro‘yxat"ga kirgizib qo‘ygan.
Jinoyat sodir etgan Y.SH.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qism “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qonunga muvofiq, Y.SH. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.