Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Oltita avtomashina ishtirok etgan YTHda bir inson halok bo‘ldi

Oltita avtomashina ishtirok etgan YTHda bir inson halok bo‘ldi

Yangi Moskvada oltita avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Avariya natijasida bir nafar inson vafot etdi va yana uchtasi jiddiy jarohat oldi. Bu haqda 26 yanvar kuni poytaxtning favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakili xabar berdi.

«YTHda to‘rtta yuk mashinasi va ikkita yengil avtomobil Brest-Kaluga trassaning 4-kilometrida to‘qnshib ketgan, natijada bir inson vafot etdi va uch nafar fuqaro turli xildagi jarohatlar oldi», — dedi Moskva shahar axborot agentligiga bergan bayonotida.

Ushbu avariya Shishkin o‘rmoni qishlog‘idan uzoq bo‘lmagan joy sodir bo‘ldi. To‘rtta KamAZ va ikkita Hyundai Porterlar ishtirokida YTH sodir bo‘lganini «360» kanali tasdiqlamoqda.

Kiritildi: 22:13 26.01.2022. O'qildi: 2547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!