Bugun 24 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

“Oltin to‘p-2026”. Asosiy da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

“Oltin to‘p-2026”. Asosiy da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

Kataloniyaning “Barselona” klubi yulduzi Lamin Yamal 2026-yilgi “Oltin to‘p” sovrini uchun kurashda yaqqol favoritga aylandi. Bu haqda X(sobiq Twitter)dagi The Touchline nashri xabar bergan.

Qayd etilishicha, ikkinchi pog‘onadan “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikni “Real” forvardi Kilian Mbappe yakunlab bergan. 23 mart holatiga ko‘ra, eng nufuzli individual sovrin uchun asosiy da’vogarlar reytingi quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. Lamin Yamal (“Barselona”);
2. Harri Keyn (“Bavariya”);
3. Kilian Mbappe (“Real” Madrid);
4. Pedri (“Barselona”);
5. Erling Holand (“Manchester Siti”).

Lamin Yamal joriy mavsumda ajoyib natijalar qayd etmoqda. U “Barselona” safida barcha turnirlar doirasida jami 40 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 21 ta gol va 16 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Hozirda “ko‘k-anorranglilar” 73 ochko bilan La Ligada peshqadamlik qilmoqda. Shuningdek, jamoa Chempionlar Ligasining chorak finaliga yo‘llanma olgan va unda Madridning “Atletiko” klubi bilan kuch sinashadi. Yamalning ushbu musobaqalardagi muvaffaqiyati uning “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini yanada oshirishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, amaldagi “Oltin to‘p” sohibi Usmon Dembele hisoblanadi. “PSJ” vingeri o‘tgan mavsum parijliklar safida Fransiya chempionati va Yevropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi. Shuningdek, u 2025 yil yakunida FIFA Qit’alararo Kubogi, 2026 yil hisobidan esa Fransiya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: Bugun 08:20. O'qildi: 547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!