Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Olmazor tumanida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Olmazor tumanida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “D.T.” MCHJ mas’ul shaxslari ko‘p qavatli uylarda elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 142,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “A.F.” MCHJ rahbari A.F. va “Z.I.” oilaviy korxonasi rahbari I.T. ishlab chiqarish hamda umumiy ovqatlanish shoxobchasida tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib jami 111,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:50 31.05.2025. O'qildi: 278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!