Air Astana aviakompaniyasining Olmaotadan Antaliyaga uchayotgan samolyoti nosozlik tufayli Aktauga favqulodda qo‘ndi.
Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
"8 yanvar kuni Olmaota - Antaliya yo‘nalishi bo‘yicha KS915 reysini amalga oshirayotgan Airbus A321 samolyoti mahalliy vaqt bilan 8.35 da aeroportdan havoga ko‘tarildi. Texnik sabablarga ko‘ra samolyot odatdagidek Aktau aeroportiga qo‘ndi. Sababi, markaziy tank yonilg‘i tizimining xavfsizlik klapanida nosozlik bo‘lgan", deyiladi chorshanba kuni bayonotda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Reys 9 yanvar soat 9.20 ga qoldirildi, chunki ehtiyot qismlar Olmaotadan yetkazilishi kerak edi”.
“Yo‘lovchilar oziq-ovqat va mehmonxonada turar joy bilan ta’minlandi”, — deyiladi aviakompaniya xabarida.