Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalarini jami 211,2 ming nafar talaba bitirgan.
Bu ko‘rsatkich 2015 yilga nisbatan solishtirilganda 144,9 ming nafarga yoki 3,2 barobarga oshgan.
Yillar kesimida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari soni quyidagicha:
— 2015 yil – 66,3 ming nafar;
— 2016 yil – 64,1 ming nafar;
— 2017 yil – 67,4 ming nafar;
— 2018 yil – 70,3 ming nafar;
— 2019 yil – 70,8 ming nafar;
— 2020 yil – 83,9 ming nafar;
— 2021 yil – 103,9 ming nafar;
— 2022 yil – 102,4 ming nafar;
— 2023 yil – 184,1ming nafar;
— 2024 yil – 211,2 ming nafarni tashkil etgan.