Bugun 3 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot o‘tash tartibi belgilandi

Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot o‘tash tartibi belgilandi

Hukumat qarori (615-son, 30.09.2025 y.) bilan “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot o‘tashi va ularni ishga joylashtirish tizimini raqamlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

📝 Nizomga ko‘ra, ta’lim tashkiloti har yili 1 oktyabrgacha “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKga (Dastur) kiritilgan korxona bilan bitiruvchilar amaliyotini o‘tashi bo‘yicha shartnoma tuzish uchun platforma orqali ushbu korxonaga so‘rov yuboradi.

📜 Amaliyotni tashkil etish bo‘yicha ta’lim tashkiloti va korxona o‘rtasida shartnoma amaliyot boshlanishidan kamida 3 hafta oldin platforma orqali rasmiylashtiriladi.

📋 Ta’lim tashkiloti har yili yakuniy davlat attestasiyasi xulosasi asosida bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni platformaga kiritadi.

🗓 Korxona Dasturga har oyning 25-sanasigacha o‘zlari uchun zarur kadrlar, shu jumladan, vakant lavozimlar haqidagi ma’lumotlarni kiritib boradi.

✅ Ishga qabul qilingan va mehnat shartnomalari Dasturda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bitiruvchilar platformada avtomatik tarzda “bandligi ta’minlangan” sifatida qayd etiladi.

Kiritildi: 21:05 02.10.2025. O'qildi: 325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!