O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 52-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.
Parlament yuqori palatasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Oliy Majlis Senatining tegishli qarori bilan:
Ma’murjon Kadirov va Dilshod Rajabov muddatsiz davrga;
Jumanazar Ergashev, Nosirjon Rasulov, Burxon Turdiyev, Asqarali Ummataliyev hamda Gulnafis Xudayberdiyeva o‘n yillik muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.