Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Oliy sud "Shamsitdinov ishi" bo‘yicha ma’lumot berdi

A A A
Oliy sud "Shamsitdinov ishi" bo‘yicha ma’lumot berdi

Oliy sud 2020 yil 1 avgustda Facebook ijtimoiy tarmog‘ida A. Shamsitdinov va boshqalar tomonidan e’lon qilgan videomurojaat yuzasidan ma’lumot berdi.

A. Shamsitdinovni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-modda (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismining “g” bandi, 209-modda (mansab soxtakorligi) 2-qismining “a” bandi bilan, A. Usmonov Jinoyat kodeksining 167-modda 3-qismining “g” bandi, 207-modda (hokimiyat harakatsizligi) ning 1-qismi, 209-moddaning 2-qismi “a” bandi bilan, K. Ismoilov Jinoyat kodeksining 167-modda 2-qismining “a”, “b”, “v”, “g” bandlari, 28,209-moddaning 2-qismining “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganlarga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining 391-393-moddalari tartibida jinoyat ishlari bo‘yicha Jalaquduq tuman sudiga mazmunan ko‘rish uchun yuborilgan.

2020 yil 24 mart kuni jinoyat ishi Jalaquduq tuman sudi ish yurituviga olingan.

2020 yil 30 mart kuni sudlanuvchi A. Usmonov sud majlisiga qatnashishni istisno qiladigan kasallikka chalinib, karantinga olinganligi sababli jinoyat ishi vaqtincha harakatdan to‘htatilgan.

2020 yil 27 may kuni jinoyat ishi harakatga tiklanib, ko‘rish boshlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha 2020 yil 28 iyul kuni hukm e’lon qilindi.

Sud hukmiga ko‘ra A. Shamsitdinov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-modda 3-qismining “g” bandi bilan aybli deb topilib, 1 yil 2 oy mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash xuquqidan mahrum qilinib, ish xaqining 20 foizini davlat daromadi xisobiga ushlab qolgan holda 1 yil 2 oy axloq tuzatish ishlari jazosiga, A. Usmonov Jinoyat kodeksining 167-modda 3-qismining “g” bandi bilan aybli deb topilib, bazaviy xisoblash miqdorining 15 baravari – 3 040 950 so‘m jarima jazosiga sudlandilar.

K. Ismoilov Jinoyat kodeksining 167-modda 2-qismining “b”, “v”, “g” bandlari bilan aybli deb topilib, Jinoyat kodeksining 70-modda (shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilish) siga asosan jazodan ozod qilindi.

2020 yil 7 avgust kuni sudlangan A. Shamsitdinov tomonidan apellyasiya shikoyati keltirilgan bo‘lib, ushbu shikoyat 2020 yil 8 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudining apellyasiya instansiyasida ko‘rib chiqiladi.

Kiritildi: 16:30 28.08.2020. O'qildi: 5212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!