Oliy Majlis Senatining bu galgi yalpi majlisi 3 kundan buyon davom etmoqda.
Odatda ikki kun bo‘ladigan Senat majlislari bu safar qonun muhokamalarining qizigani, tortishuvlar, bahs-munozaralarga sabab bo‘lgani bois uchinchi kunga ham cho‘zildi.
Kun tartiblariga o‘zgartirishlar kiritildi. Ayniqsa, majlisning birinchi kunida muhokamaga qo‘yilgan byudjet masalasi jiddiy e’tibor markazida bo‘ldi.