Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Olimlar: Yilning oxirigacha COVID-19 dan vafot etganlar soni 3,3 million kishiga yetishi mumkin

Olimlar: Yilning oxirigacha COVID-19 dan vafot etganlar soni 3,3 million kishiga yetishi mumkin

Vashington universiteti tadqiqotchilarining taxminlariga ko‘ra, agar jahon mamlakatlari koronavirusning tarqalishini kamaytirishga qaratilgan cheklovlarni yumshatishsa, 2021 yilning yanvar oyiga qadar dunyo bo‘yicha qurbonlar soni 3,3 million kishiga yetishi mumkin.

Olimlari hukumatlarning bergan rasmiy statistikasiga tayanib, yaqin kelajakda COVID-19 dan vafot etadiganlar soni qancha bo‘lishi mumkinligini aytishgan. Bunda olimlar davlatlardagi turli xil vaziyatlarni hisobga olishgan.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, agar bu haftadan boshlab dunyodagi odamlarning kamida 95 foizi yuz niqoblarini taqishni boshlasa, keyingi yil boshigacha vafot etadiganlarning soni 1.8 million kishgacha kamayishi mumkin. Lekin hozirda ba’zi mamlakatlar yuz niqoblaridan foydalanishni majburiy qilgan va boshqa qat’iy choralarni tatbiq qilgan bo‘lsa, yana boshqa ko‘plab mamlakatlarda bunday cheklovlar olib tashlangan. Olimlar, mamlakatlardagi hozirgi turli holatlar davom etgan taqdirda yanvargacha qurbonlar soni 2.5 million kishiga yetishi mumkinligidan ogohlantirishgan.

2019 yilning dekabrida aniqlangan koronavirus kasalligi hozirgacha dunyo bo‘ylab bir milliondan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi. BMT Bosh kotibi Antonio Guterresh buni “dahshatli vaziyat” deb atagandi.

Kiritildi: 07:40 06.10.2020. O'qildi: 1742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!