Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Olimlar vaqt mashinasi xayolot emasligini isbotladi

A A A
Olimlar vaqt mashinasi xayolot emasligini isbotladi

RIA Novostida e’lon qilingan maqolada vaqt osha sayohat qilish imkoniyatlarining nazariy asoslari yaratilgani haqida so‘z boradi.

Unda aytilishicha, 1949 yilda nemis matematigi Kurt Gedel Eynshteynning gravitasiya maydoni tenglamalarini yechish orqali vaqtga sayohat qilish mumkinligini nazariy jihatdan isbotlagan bo‘lgan. Qariyb yetmish yildan so‘ng, amerikalik va kanadalik olimlar ana shu ehtimolning matematik modelini yaratdi. O‘tgan bahorda esa kvant kompyuteri vaqtni lahzadan bir ulushga ortga qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.

Yangi o‘lchovlar - yangi imkoniyatlar

Yigirmanchi asr boshlarida fiziklar vaqtni yuqoriga-pastga, o‘ngga - chapga, oldinga-orqaga kabi o‘lchovlar sifatida ko‘rib chiqa boshladilar. Natijada fanda vaqt uzluksizligi g‘oyasi paydo bo‘ldi va tabiat qonunlariga yangicha nuqtai nazar shakllandi.

1915 yilda Eynshteyn nemis matematigi Gilbert bilan birgalikda tortishish maydonining tenglamalari tizimini yaratdi. O‘ttiz yil o‘tgach, Gedel ushbu tenglamalarni moddani bir tekis taqsimlanadigan aylanadigan chang zarralari shaklida ifodalash orqali yechdi. Uning galaktikalarni zarrachalar sifatida ko‘rib chiqish haqidagi taklifi asosida butun olam modeli yaratildi. Unda yorug‘lik aylanish harakatida ishtirok etadi, ya’ni jismlar fazoda emas, balki vaqt ichida ham yopiq trayektoriyalar bo‘ylab harakatlana oladi. Boshqacha aytganda, koinot bo‘ylab sayohat qilib, o‘tmishga qaytish mumkin.

Bo‘shliq orqali vaqtga sayohat

Britaniyalik fizik Rojer Penrouz vaqtning yopiq egri chiziqlari fazoda vaqt ichidagi xayoliy chegarani kesib o‘tishi mumkinligini taxmin qilgan. Yana bir olim Stiven Xokingga ko‘ra, bunday egri chiziqlar qora tuynuklar paydo bo‘lishi bilan tugashi kerak. Natijada, kuzatuvchi uchun cheksiz uzoq kelajak yoki o‘tmish ko‘rinadigan nuqta yopiladi. Hatto biron bir kishi bu narsaga duch kelsa ham, u bu haqda hech kimga aytib berolmaydi. Buning uchun qora tuynukdan chiqish lozim.

Ammo, olimlar bu cheklovlarni yengib o‘tishning nazariy yo‘lini topdilar. Amerikalik va kanadalik fiziklar vaqt mashinasining matematik modelini ishlab chiqdilar, u vaqtga o‘xshash yopiq chiziqlar bo‘ylab superlyuminal tezlikda harakatlanish imkonini beradi.

Ehtimoliy vaqt mashinasi xuddi pufakcha kabidir. Uning ichidagi odamlar yopiq egri chiziq bo‘ylab o‘tmish va kelajak tomon harakatlanadilar va keyin boshlang‘ich nuqtaga qaytadilar. Bunday vaqt mashinasi mavhum konstruksiya hisoblanib, u yaratilishi mumkin bo‘lgan material hali ixtiro qilinmagan.

Lahzadan bir ulushga ortga qaytish

Joriy yilning mart oyida Rossiya, AQSh va Shveysariya olimlari vaqtga sayohat amalda kvant darajasida mumkinligini namoyish etdilar. Ular bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda - tartibsizlikdan tartibga qadar rivojlanib borgan tizim holatini yaratdilar.

Dastlab fiziklar nazariy jihatdan bo‘sh bo‘shliqda joylashgan elektron o‘z-o‘zidan o‘tmishga o‘tishi, ya’ni bir necha daqiqa oldin bo‘lgan holatga qaytishi mumkinligini isbotladi. Ammo, hisob-kitoblarga ko‘ra, faqat 0,06 nanosekundga o‘tmishga qaytish mumkin bo‘ladi.

Keyin ular ushbu amaliyotni bulutli kvant kompyuteri yordamida tajribada sinab ko‘rishdi. Bir holatda ikkitasi birlashtirilgan, boshqa uchta kubitda - elementar hisoblash modullari va kvant mashinalarining xotira xujayralari. Ularni ma’lum bir raqamlar to‘plami bilan to‘ldirishdi va ushbu kvant tizimidagi tartibsizlik darajasi tez o‘sishi uchun tarkibni boshqarishni boshladilar. Antropiya ma’lum darajaga yetganida, boshqa dastur kubitlarni egallab, shunday holatga keltirdiki, keyingi evolyusiya tartibsizlikka emas, balki tartibga o‘tdi. Boshqacha aytganda, kubitlar bir zumga o‘tmishga qaytdi.

Biroq, shu kabi tajribalar har doim ham muvafaqqiyatli chiqmagan. Tadqiqot mualliflarining fikriga ko‘ra, muvaffaqiyatsizliklar ba’zi tushunarsiz sabablar bilan emas, balki kvant kompyuterining ishlashdagi xatolari bilan bog‘liq bo‘lib, bu vaqtga sayohat qilish uchun yanada samarali algoritmlarni yaratish mumkinligini anglatadi.

Kiritildi: 21:32 11.10.2019. O'qildi: 8396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!