Bugun 13 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Olimlar odamlar fikrini o‘qiydigan sun’iy intellekt yaratishdi

Olimlar odamlar fikrini o‘qiydigan sun’iy intellekt yaratishdi

Kompyuter orqali insonning fikrlarini (tasvirlarini, niyatlarini) o‘qish deb talqin qilinishi mumkin bo‘lgan loyihalar uzoq yillardan beri mavjud. Osaka universiteti tadqiqotchilari sun’iy intellektni odam ko‘rayotgan tasvirni takror o‘qishga o‘rgatishdi.

Ushbu tadqiqotga matn yordamida tasvirlarni yaratuvchi mashhur Stable Diffusion dasturi asos qilib olingan. Tanib olish aniqligi 80 foizni tashkil etadi. U shakl va hatto ranglarni aynan takrorlaydi. Yaponlar tomonidan qo‘llanilgan neyron tarmoq kalit so‘zlar asosida tasvir hosil qiladi va har bir yangi matn ishorasi rasmni yanada aniqroq tasvirlashga xizmat qiladi.

Olimlar ushbu sxemaga yana bir bosqichni qo‘shib o‘rgandi. Tajribada ishtirok etgan to‘rt ishtirokchining miya faoliyati ma’lumotlarini solishtirildi. Odamlarga tasvirlarning matnli tavsifi bilan turli xil fotosuratlar ko‘rsatildi, neyron tarmoq esa miyaning qayeri hayajonlanganligini yozib oldi va yod oldi.

Hammasi bo‘lib ko‘ngillilarga 10 mingga yaqin tasvirlar ko‘rsatildi, tizim miya faoliyati suratlarini to‘pladi va sun’iy intellekt ularni taqqoslab, shifrladi. Olingan matnli va vizual ma’lumot inson miyasining qayd etilgan faoliyati bilan bog‘landi. Trening yakunlangach, tizim eksperiment ishtirokchilari ko‘rayotgan ob’ektlarning shakli va hatto ranglari ham juda aniq takrorlanganligini aytishgan. Aniqlik 80 foizni tashkil etgan.

“Biz tadqiqotimiz yetarlicha yuqori aniqlik va semantik aniqlik bilan tasvirlarni qayta ishlab chiqarishga qodir ekanligini ko‘rsatdik. Bu sizga odamlarning fikrlarini samarali o‘qish imkonini beradi”, – deb yozadi yapon tadqiqotchilari o‘z maqolalarida.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, texnologiya falaj bo‘lgan odamlar bilan muloqot qilish, hayvonlarning dunyoni qanday ko‘rishini o‘rganish va, ehtimol, orzularimizni yozib olish imkonini beradi. Osaka universitetida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari haqiqatda hayratlanarli.

Kiritildi: 17:04 18.03.2023. O'qildi: 1823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!