Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Olimlar dunyo okeanlarining sathi o‘n metrga ko‘tarilishini ma’lum qildi

Olimlar dunyo okeanlarining sathi o‘n metrga ko‘tarilishini ma’lum qildi

Olimlarning ta’kidlashicha 2300 yilga kelib dunyo okeanlarining suv satxi 10 metrgacha ko‘tarilishi mumkin.

Bu haqda Buyuk Britaniyaning "The Guardian" nashriga Durem universitetining geografiya kafedrasi dosenti Tom Chudli ma’lum qildi.

Nashrning yozishicha, 2016 yildan 2021 yilgacha iqlim o‘zgarishi sababli Grenlandiya muz qatlami kutilganidan tezroq yorilib keta boshlagan va yoriqlar uzoq vaqt davomida sezilarli darajada kattalashgan.

Olimlarning fikricha, ushbu yoriqlaring kattalashishiga issiq havo tufayli muzning erishi kuchayishi va okean haroratining ko‘tarilishi sabab bo‘lmoqda.

"Yuqoridagi holatlar dengiz sathining 2100 yilda bir metrga, 2300 yilga kelib esa 10 metrga ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin", — deyiladi nashrda.
Kiritildi: 10:55 05.02.2025. O'qildi: 1616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!