Prezidentning tegishli qarori bilan Olim Murodullayevich Omonov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O. Omonov 1979 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa instituti, 2006 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistratura bosqichi, 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
2005-2011 yillarda “O‘zbektelekom” AK “UzNet” filiali bo‘lim boshlig‘i, 2011-2018 yillarda Vazirlar Mahkamasida bir qancha mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan.
2018-2021 yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi direktori vazifasida ishlagan.
O. Omonov 2023 yildan “Chorvoq” turistik rekreasion zona direksiyasi DUK direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.