Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Olaf Shol’s: Xitoy yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha yangi muzokaralarga qo‘shilishi kerak

Olaf Shol’s: Xitoy yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha yangi muzokaralarga qo‘shilishi kerak

Yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha yangi muzokaralar Xitoyni o‘z ichiga olishi kerak.

Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shol’s ma’lum qildi.

U dunyo davlatlarini yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha yangi muzokaralarga chaqirdi: “Muzokaralarda nafaqat Rossiya va AQSH, balki Xitoy ham ishtirok etishi kerak. Shuningdek, Eronning yadroviy qurol ishlab chiqarishiga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan uran ishlab chiqarilishining oldini olish muhim vazifa bo‘lib qolmoqda”.

Kansler yadro quroli insoniyat uchun ekzistensial xavf tug‘dirishini ta’kidladi: “Shuning uchun ular hech qachon qo‘llanilmasligi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish va shoshilinch majburiyatlarni olish zarur”.

Eslatib o‘tamiz, yadro quroli 1945 yildan beri urushlarda qo‘llanilmagan. So‘nggi paytlarda Rossiya dunyoni yadro qurolidan foydalanish bilan tahdid qilmoqda.

Kiritildi: 12:07 13.09.2023. O'qildi: 3840 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!