Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Oktyabrning birinchi yarmida Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv o‘chiriladi

A A A
Oktyabrning birinchi yarmida Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv o‘chiriladi

Oktyabr oyining birinchi yarmidan “Veolia Energy Tashkent” mahalliy qozonxonalarida issiq suv ta’minotini o‘chirgan holda ta’mirlash ishlari olib boradi. Bu haqda kompaniya Telegram kanalida xabar berildi.

Isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida kompaniya zulfinlarni, tarmoq nasoslari, elektr ta’minoti tizimlarini to‘liq tekshirib almashtirish, quvurlar va tegishli jihozlarni demontaj qilish va o‘rnatish, shuningdek, issiqlik almashtirgichlarda profilaktika ishlarini olib boradi.

Xabarga ko‘ra, mahalliy qozonxonalarni to‘xtatmasdan ushbu ishlarni amalga oshirish mumkin emas.

O‘chirish jadvali:

Yashnobod tumani:
Qiziltepa qozonxonasi Geologiya: 3 va 4 oktyabr kunlari - M. Ashrafiy (temir yo‘l №34a, 34/1, 34/2, 34/3, 40, 70) ko‘chalari.
Farg‘ona yo‘li 95 qozonxonasi: 9 oktyabrdan 13 oktyabrgacha - Farg‘ona yo‘li 95 (temir yo‘l №95, 95a/1-95a/13, 5-berk 6-sonli temir yo‘l) ko‘chalari.

Bektemir tumani:
Qozonxona Solovyova, 38: 2 oktyabrdan 6 oktyabrgacha -H.Bayqaro, B.Nozima, Yuqori Chirchiq ko‘chalari.
Ta’kidlanishicha, issiq suv ta’minotini tezroq tiklash uchun zarur choralar ko‘riladi.

Kiritildi: 11:50 28.09.2023. O'qildi: 1246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!