Joriy yilning 10 oyida davlat byudjeti daromadlari 213,6 trln so‘mni, xarajatlari esa 248,6 trln so‘mni tashkil etib, taqchillik 35 trln so‘m bo‘ldi.
Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining oylik hisobotlarida keltirib o‘tilgan.
Vazirlik ochiqlagan ma’lumotlarga ko‘ra:
- yanvar oyida davlat byudjeti daromadlari – 16 trln 159,9 mlrd so‘mni, xarajatlari esa – 21 trln 926,7 mlrd so‘mni tashkil etgan. Byudjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi farq 5 trln 766,8 mlrd so‘m.
- fevral oyida davlat byudjeti daromadlari – 16 trln 908,9 mlrd so‘m, xarajatlari esa – 24 trln 137,1 mlrd so‘m bo‘lgan. Salbiy farq – 7 trln 228,1 mlrd so‘m;
- mart oyida davlat byudjeti daromadlari – 17 trln 457,2 mlrd so‘m, xarajatlari esa 24 trln 307,1 mlrd so‘m bo‘lgan. Salbiy farq – 6 trln 850 mlrd so‘m;
- aprel oyida davlat byudjeti daromadlari – 19 trln 286,1 mlrd so‘m, xarajatlari esa 25 trln 27,2 mlrd so‘m bo‘lgan. Salbiy farq – 5 trln 741,1 mlrd so‘m;
- may oyida davlat byudjeti daromadlari – 22 trln 749 mlrd so‘m, xarajatlari esa 26 trln 565,2 mlrd so‘m bo‘lgan. Salbiy farq – 3 trln 816,2 mlrd so‘m;
- iyun oyida davlat byudjeti daromadlari – 23 trln 233,4 mlrd so‘m, xarajatlari esa 27 trln 879,9 mlrd so‘m bo‘lgan. Salbiy farq – 4 trln 646,5 mlrd so‘m;
- iyul oyida davlat byudjeti daromadlari – 21 trln 815 mlrd so‘m, xarajatlari esa 24 trln 332 mlrd so‘m bo‘lgan. Salbiy farq – 2 trln 517 mlrd so‘m.
- avgust oyida davlat byudjeti daromadlari – 22 trln 66 mlrd so‘m, xarajatlari esa 22 trln 348 mlrd so‘m bo‘lgan. Salbiy farq –282 mlrd so‘m.
- sentyabr oyida davlat byudjeti daromadlari – 26 trln 665 mlrd so‘m, xarajatlari esa 27 trln 136 mlrd so‘m bo‘lgan. Salbiy farq – 471 mlrd so‘m.
- oktyabr oyida davlat byudjeti daromadlari – 27 trln 290 mlrd so‘m, xarajatlari esa 24 trln 938 mlrd so‘m bo‘lgan. Ijobiy farq – 2 trln 352 mlrd so‘m.
Ma’lumot uchun, 2024 yil uchun davlat byudjeti haqidagi qonunga ko‘ra, davlat byudjeti daromadlari 270,4 trln so‘m, xarajatlari esa 280,7 trln so‘mni tashkil etishi prognoz qilingan.
Konsolidasiyalashgan byudjet (davlat byudjetidan tashqari, davlat maqsadli jamg‘armalari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalarini ham o‘z ichiga oladi) defisiti 52,6 trln so‘m yoki YAIMga nisbatan 4 foiz darajasida chegaralangan.