Toshkent shahar hokimining qarori bilan 2025 yil 1 yanvardan poytaxt jamoat transporti yo‘nalishlarida (avtobus va metropoliten) bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tarif – 3 ming so‘m etib belgilandi.
Bunda to‘lov elektron to‘lov tizimi (transport yoki bank kartasi) orqali amalga oshirilganda, hozirgidek o‘zgarishsiz qoladi – 1 700 so‘m.
Barcha avtobuslar salonida yo‘lkira haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi.
Bundan tashqari, ko‘p martalik – 2, 5, 7 kun amal qiladigan tarif rejalari ham joriy qilinadi.