Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Oktyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlarining oshishi sekinlashdi

Oktyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlarining oshishi sekinlashdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2024-yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlarini tahlil qildi.

Joriy yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlarining oshishi sekinlashdi. Mazkur davrda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari sentyabr oyidagiga nisbatan 1,3 foiz, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa 0,2 foiz oshdi.

O‘rtacha ta’mirlangan uy-joylar ijarasi. 2024-yilning oktyabr oyida o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxi sentyabr oyidagiga nisbatan 0,5 foizga, 2 xonali uylar uchun 1,4 foizga, 3 xonali uylar uchun 1,0 foizga, 4 xonali uylar uchun esa 2,5 foizga oshdi.

O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - 285 AQSh dollari, 2 xonali – 359 AQSh dollari, 3 xonali – 388 AQSh dollari, 4 xonali - 432 AQSh dollari), Yashnobod (1 xonali – 300 AQSh dollari, 2 xonali – 384 AQSh dollari, 3 xonali – 418 AQSh dollari, 4 xonali – 545 AQSh dollari) tumanlarida taklif etilgan bo‘lsa, eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali – 344 AQSh dollari, 2 xonali – 529 AQSh dollari, 3 xonali – 666 AQSh dollari, 4 xonali – 863 AQSh dollari) va Yakkasaroy (1 xonali – 364 AQSh dollari, 2 xonali – 499 AQSh dollari, 3 xonali – 638 AQSh dollari, 4 xonali – 700 AQSh dollari) tumanlarida kuzatildi.

To‘liq ta’mirlangan uy-joylar ijarasi. Mazkur davrda to‘liq ta’mirlangan 2 xonali (550 AQSh dollari) va 3 xonali (700 AQSh dollar) uy-joylarning ijara narxlari deyarli o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa, 4 xonali (0,4 foizga) hamda 1 xonali (1,3 foizga) uy-joylarning ijara narxlarida biroz ko‘tarilish kuzatildi.

To‘liq ta’mirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali – 321 AQSh dollari, 2 xonali – 408 AQSh dollari, 3 xonali – 465 AQSh dollari, 4 xonali – 513 AQSh dollari) va Uchtepa (1 xonali – 354 AQSh dollari, 2 xonali – 432 AQSh dollari, 3 xonali – 486 AQSh dollari, 4 xonali – 639 AQSh dollari) tumanlarida, eng qimmat ijara narxlari esa Mirobod (1 xonali – 471 AQSh dollari, 2 xonali – 718 AQSh dollari, 3 xonali – 952 AQSh dollari, 4 xonali – 1307 AQSh dollari) va Shayxontohur (1 xonali – 460 AQSh dollari, 2 xonali – 698 AQSh dollari, 3 xonali – 1038 AQSh dollari, 4 xonali – 1328 AQSh dollari) tumanlarida kuzatildi.

Ijara narxlari olx.uz (https://www.olx.uz/) platformasidan veb skreping (web scraping) orqali olingan ochiq ma’lumotlar asosida tahlil qilindi. Bunda 2024-yilning sentyabr oyi uchun 46,9 mingta va oktyabr oyi uchun 43,1 mingta ma’lumotdan foydalanildi. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlanganidan keyin amalga oshirildi.

Kiritildi: 11:46 07.11.2024. O'qildi: 663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!