Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Oktyabr oyida bizni qanday ob-havo kutayotgani ma’lum qilindi

Oktyabr oyida bizni qanday ob-havo kutayotgani ma’lum qilindi

Bu yil oktyabr oyi birinchi besh kunligi quruq va biroz iliq ob-havo bilan boshlanadi, kunduz kunlari quyosh havoni 22-25 darajagacha isitadi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, faqat kechasi va ertalab havo harorati 10-13 daraja iliqqacha ancha salqin bo‘ladi. Keyinchalik oy birinchi o‘n kunligi oxirigacha ob-havo sharoitida keskin o‘zgarishlar kutilmaydi.

Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda hudud katta qismida harorat kechalari 8-13 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 18-23 daraja issiqdan 10-15 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab ba’zi joylarda 0-1 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklar ayrim kunlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

Harorat tartibiga ko‘ra, oktyabr oyi me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5 darajaga kam, yog‘ingarchilik me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan ko‘p bo‘lishi kutilmoqda.

Iqlimiy me’yorlarga ko‘ra, O‘zbekiston janubiy viloyatlarida yog‘ingarchilik oktyabr oyida 3 kundan 5 kungacha, qolgan hududlarda esa 5 kundan 7 kungacha bo‘lishi mumkin. Oktyabr oyida yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi, ammo havoga keskin sovuq kuzatilishida yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi istisno qilinmaydi.

Tungi havo harorati o‘rtacha yillik qiymati 6-11 darajani tashkil etadi, lekin oktyabrda, ayniqsa oy ikkinchi yarmida birinchi kuzgi sovuqlar kuzatiladi. Oktyabr oyida kunduzgi harorat odatda 23-28 daraja issiqdan 10-15 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

Kiritildi: 22:14 30.09.2022. O'qildi: 3578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!