Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Oksana Chusovitina 2020 yilgi Olimpiadadan so‘ng faoliyatini yakunlaydi

Oksana Chusovitina 2020 yilgi Olimpiadadan so‘ng faoliyatini yakunlaydi

Sport gimnastikasi bo‘yicha 1992 yilgi Olimpiada chempioni, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina kelgusi yozda o‘z faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi. 44 yoshli sportchining faoliyatidagi so‘nggi musobaqa 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada bo‘ladi.

 “Bu mening so‘nggi Olimpiadam bo‘ladi, men katta sportni tark etaman, faol sportchi bo‘lmayman, lekin sportda qolaman. Men O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar sportini rivojlantirishga yordam beraman va qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman, bundan keyin ham sportda yashashda davom etaman", dedi sportchi.

Chusovitina Tokiodagi o‘yinlarda qatnashish rejalarini oktyabr boshida ma’lum qilgan edi. 2020 yilgi Olimpiada uning faoliyatidagi sakkizinchisi bo‘ladi. Musobaqa vaqtida gimnastikachi 45 yoshda bo‘ladi.

2016 yilda Chusovitina sport gimnastikasi tarixida yettita Olimpiadada qatnashgan yagona sportchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Rio-de-Janeyrodagi musobaqalarda u tarixdagi eng yoshi ulug‘ gimnastikachi bo‘lgan edi.

Chusovitina uch karra jahon va Yevropa chempioni hisoblanadi. Faoliyati davomida u sobiq ittifoq, Germaniya va O‘zbekiston milliy terma jamoalari safida ishtirok etgan. Nomdor sportchimiz 1992 yilgi Olimpiadada debyut qilgan va sobiq ittifoq davlatlarining birlashgan jamoasi safida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 13:15 27.10.2019. O'qildi: 2072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!