Bugun 2 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Oilaviy zo‘ravonlikka uchragan shaxslar ehtiyojmand aholi toifasiga kiritilmoqda

Oilaviy zo‘ravonlikka uchragan shaxslar ehtiyojmand aholi toifasiga kiritilmoqda

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan «Aholi bandligi to‘grisida»gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, endilikda oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar aholining ehtiyojmand toifasiga kiritiladi.

Qonunda ish qidirayotgan shaxslarning mehnat organlariga ortiqcha hujjatlar taqdim etishiga yo‘l qo‘yilmasligi, bandlikni rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiyalar taqdim etish mexanizmi takomillashtirilishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, ish beruvchilar tomonidan mahalliy mehnat organlariga bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, xodimlarning ishdan bo‘lg‘usi ozod etilishi haqidagi axborotni har oyda elektron tarzda taqdim etish shartlari belgilanmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:24. O'qildi: 187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!