Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

“Ohangarondagi masxaraboz GAI!” lavozimidan ozod etildi

A A A
“Ohangarondagi masxaraboz GAI!” lavozimidan ozod etildi

Joriy yilning 9 sentyabr kuni sahifamizda “Ohangarondagi masxaraboz GAI!” sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur xizmat tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi nizom hamda IIVning me’yoriy buyruq talablarini buzganligi uchun Toshkent viloyati IIBB ikkinchi mintaqaviy hudud Ohangaron shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi ma’muriy huquqbuzarlik materiallarini ko‘rib chiqish bo‘yicha inspektori D.Mashkurovga nisbatan “egallab turgan lavozimidan ozod etilib, kelgusida YHX bilan bog‘liq bo‘lmagan lavozimga tayinlanishi” jazosi e’lon qilindi.

Kiritildi: 12:43 13.09.2020. O'qildi: 7123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!