Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li yana ishdan ketdi

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li yana ishdan ketdi

«Xo‘ja Alambardor» jome masjidi bosh imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li O‘zbekiston musulmonlar idorasining buyrug‘iga asosan 6 sentyabr kuni o‘z lavozimini tark etgan. Bu haqda «Azon.uz» xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining imom-xatiblikdan o‘z xohishi bilan, salomatliklarini tiklash maqsadida ketgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 20 iyul kunida ham Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li Toshkent shahridagi «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom-xatibligidan salomatligi tufayli, o‘z xohishiga ko‘ra ozod etilgan edi.

«Xo‘ja Alambardor» jome masjidiga yangi bosh imom-xatib etib Mirsolihov Mirjalil domla tayinlangan.

Kiritildi: 16:47 08.09.2019. O'qildi: 6312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!