Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Odil Ahmedov to‘p tepadigan Xitoy klubi tarqatib yuborilishi mumkin

Odil Ahmedov to‘p tepadigan Xitoy klubi tarqatib yuborilishi mumkin

Xitoyning «Tyanszin Taygers» (sobiq «Tyanszin Teda») klubi bankrotlik yoqasida turibdi. Bu haqda Xitoy matbuotiga tayanib Titan Sports Plus xabar qilmoqda.

Klubga 1998 yildan buyon egalik qilib kelgan Teda kompaniyasi futbolga ortiq pul ajratmoqchi emas. Shuningdek, mahalliy hukumat ham klub faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qiziqish bildirmayapti.

Katta ehtimol bilan klub tarqatib yuboriladi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoada O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov to‘p suradi.

«Tyanszin Taygers» 2020 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Xitoy Superligasida jon saqlab qolgandi

Kiritildi: 09:08 24.02.2021. O'qildi: 2375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!